3.4 Dars: Order Turlari (Market, Limit, Stop)
Bozorga Qanday Kiramiz?
Savdo ochish faqatgina BUY yoki SELL tugmasini bosishdan iborat emas. Professional treyderlar bozorga kirishni oldindan rejalashtirishadi. Buning uchun maxsus buyruq turlari — "Order"lar ishlatiladi.
1. Market Order (Bozor Buyrug'i)
Bu eng oddiy order turi. Siz BUY yoki SELL tugmasini bosganingizda, savdoingiz o'sha zahoti, broker taklif qilayotgan eng yaxshi joriy narxda ochiladi. Bu "hozir va shu yerda" savdo qilishni istaganlar uchun.
2. Pending Orders (Kutilayotgan Buyruqlar)
Bu sizning "aqlli yordamchingiz". Siz narx ma'lum bir darajaga yetganda savdo avtomatik tarzda ochilishi uchun oldindan buyruq berib qo'yasiz. Siz kompyuter oldida bo'lmasangiz ham, rejangiz ishlayveradi. Ular ikki asosiy turga bo'linadi: Limit va Stop orderlar.
Limit Order: Buy Limit
Narx pastga tushib, siz belgilagan arzonroq narxga yetganda avtomatik SOTIB OLISH uchun ishlatiladi. Maqsad — narx qaytishidan ("otkat") foydalanish.
Buy Limit
Narx pastga tushib, belgilangan darajaga yetgach, SOTIB OLISH bitimi ochiladi.
Limit Order: Sell Limit
Narx tepaga ko'tarilib, siz belgilagan qimmatroq narxga yetganda avtomatik SOTISH uchun ishlatiladi. Bu ham narx qaytishini kutib savdo qilishdir.
Sell Limit
Narx tepaga ko'tarilib, belgilangan darajaga yetgach, SOTISH bitimi ochiladi.
Stop Order: Buy Stop
Narx muhim qarshilik darajasini "yorib o'tib", yuqoriga harakatini davom ettirishiga ishonganingizda ishlatiladi.
Buy Stop
Narx tepaga ko'tarilib, belgilangan darajani yorib o'tgach, SOTIB OLISH bitimi ochiladi.
Stop Order: Sell Stop
Narx muhim qo'llab-quvvatlash darajasini "yorib o'tib", pastga harakatini davom ettirishiga ishonganingizda ishlatiladi.
Sell Stop
Narx pastga tushib, belgilangan darajani yorib o'tgach, SOTISH bitimi ochiladi.
Dars Xulosasi
Order turlarini bilish sizga shunchaki bozorga kirishni emas, balki o'z strategiyangizni aniq reja asosida, hissiyotlarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Pending orderlar — bu professional treyderning eng yaxshi do'stidir.